Olqor Damin Lirikasida Leksik Vositalar Semantikasi
Abstract
Оdatda, lirika tabiatida leksik-semantik tamoyil sajiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi poetik ta’minot markazida o’xshatilayotgan birliklar semasi kutilayotgan natija sabab va oqibat falsafasini ilgari suradi. Bir qancha she’riy asarlari bilan shuhrat qozongan iste’dodli bolalar shoiri Olqor Damin ijodini ana shunday hayotbaxshligi bilan e’tirof etish o’rinli. Demak, lirika ko’p qatlamli, mushohadkor, oniy kechinma mahsuli bo’lishi bilan bir qatorda, o’quvchi dunyoqarashini shakllantiradigan, nutqiy ko’nikmalarni rivojlantiradigan hozirjavob janrlar sirasiga kiradi. Shoirning “Dono Chol”, “Muattar o’ylar”, “Quchoqlayman bahorni”, “Salom Navro’z”, “Bolalarga qirq hadis”, “Afsona shahrim” singari asarlari o’quvchilar, ayniqsa, bolalarga mo’ljallangan she’riy guldastalari adabiy hayotimizda muhim yangilik bo’ldi. To’g’ri bola tasavvurini rivojlantirish oson ish emas., shunday bo’lsa-da, matn didaktik ta’minoti bola dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi tayin.
Full Text:
PDFCopyright (c) 2020 Edupedia Publications Pvt Ltd
![Creative Commons License](http://licensebuttons.net/l/by-nc-sa/4.0/88x31.png)
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International License.
All published Articles are Open Access at https://journals.pen2print.org/index.php/ijr/
Paper submission: ijr@pen2print.org